Tezkor xabar: Salamat Qutiboev va Aleksandr Merzlyakov «Paxtakor» bilan shartnoma imzolashi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Biroz avval xabar berganimizdek, «Buxoro» klubida ustozlik qilayotgan Jamshid Saidov va jamoadagi maslahatchi murabbiy Tachmurad Agamurodovlar o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Shuningdek, jamoa tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. O‘tgan yilni "Buxoro”da o‘tkazgan jamoa etakchilari katta ehtimol bilan klubni tark etishlari ham mumkin.

SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsumni «Buxoro» tarkibida harakat qilgan Salamat Quttiboev va Aleksandr Merzlyakov tez kunlarda «Paxtakor» klubi tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.

Biroq yuqoridagi ma’lumotlar rasmiy manbalar tomonidan e’lon qilinmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!