Tite Urugvayga qarshi o‘yinga kimlarni tarkibga qo‘shdi?

  • 26 oktabr, 2018, 22:33
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite noyabrda bo‘lib o‘tadigan Urugvay va Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarda ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi.

Darovzabonlar: Alisson («Liverpul»), Ederson Moraes («Manchester Siti»), Gabriel Brazao («Kruzeyro»).

Himoyachilar: Markinos (PSJ), Miranda («Inter»), Marselo («Real»), Fabino («Liverpul»), Danilo («Manchester Siti»), Filipe Luis («Atletiko») Pablo («Bordo»), Dede («Kruzeyro»).

Yarim himoyachilar: Kazemiro («Real»), Artur, Filippe Koutino («Barselona»), Allan («Napoli»), Paulino («Guanchjou Evergrand»), Uolas («Gannover»), Villian («Chelsi»).

Xujumchilar: Neymar (PSJ), Roberto Firmino («Liverpul»), Gabriel Jezus («Manchester Siti»), Duglas Kosta («Yuventus»), Risharlison («Everton»).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!