"Tottenxem" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 4 yanvar, 2019, 15:55
  • 1
  • Futbol

Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining rasmiy saytida belgiyalik himoyachi Tobi Alderveyreld bilan shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qildi.

Gap shundaki, “shporlar” mavsum yakunida shartnomasi yakunlanadigan 29 yoshli futbolchi bilan kelishuvni 1 yilga uzaytirish huquqidan foydalanishdi.

Eslatib o‘tamiz, Alderveyreld ga "Manchester Yunayted", "Barselona" va PSJ klublaridan qiziqishlar bo‘layotgan edi.

Ma’lumot uchun, Tobi Alderveyreld “Tottenxem” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘gan davr mobaynida jami 135tu o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
kenjebaev
04/01/2019 17:18
Расм йўқми