"Tottenxem” klubi Belgiyada ham mag‘lub bo‘lishni «uddaladi»
Evropa ligasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Gent” – “Tottenxem” bahsi biroz avval yakuniga etdi va bu qarama-qarshilikda mehmonlarning qo‘li baland keldi.
APLning 25-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” klubiga qarshilik ko‘rsata olmagan “shpurlar”, Belgiyada ham biror-bir hujumni golga aylantira olishmadi. Ushbu mavsumda 28 marotaba “Totenxem” safida maydonga tushib o‘z darvozasidan 22 bor to‘p olib chiqqan frantsiyalik darvozabon Ugo Loris bu safar ham o‘z «an’anasiga» sodiq qoldi va 58 daqiqa golni intiqlik bilan kutib o‘tirgan belgiyalik muxlislarni joniga oro kirdi.
59-daqiqada raqib jamoa jarima maydoniga yorib kira olgan “Gent” vakillari “tumanli albion” vakillarini osonlikcha dog‘da qoldira olishdi. Ushbu gol o‘yin so‘nggiga qadar yagonaligicha qoldi va mezbonlar kichik hisobdagi g‘alabani saqlab qolishdi. Bu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 23 fevral oqshomida Londondagi «Uayt Xart Leyn» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Gent (Belgiya) – Tottenxem (Angliya) 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 59 Perbe.
Gent: Kalinich, Foke, Mitrovich, Asare (Gershon, 80), Jigo, Esiti, Sayef, Milichevich, Deyagere, Saymon (Kalu, 74), Perbe (Kulibali, 75).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Devis, Uoker, Dembele (Son Xyn Min, 68), Vanyama, Dayer, Alli, Sissoko (Nkudu, 71), Uinks (Eriksen, 80), Keyn.
Ogohlantirishlar: Uoker (54), Alli (74).

Fikrlar