Totti Federerdan nega hayratlandi?

 

 

 

Italiyaning "Roma" jamoasi afsonasiga aylangan futbolchi Franchesko Totti Avstraliya ochiq chempionati g‘olibi shveytsariyalik Rojer Federer faoliyatidan hayratlanishini yashirmadi.

- Men Rojer Federerning professionalligiga tan beraman, - dedi Franchesko Totti. - Aynan mana shu jihati tufayli u uzoq yillardan buyon faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Biz Rojer bilan ilk marotaba 2006 yili uchrashganmiz va shundan buyon do‘stona aloqalarimiz davom etib kelmoqda. Federer buyuk chempion.

Franchesko Tottining o‘zi ham faoliyatini uzoq davom ettirayotgan sportchilar sirasiga kiradi. Bu yil 41 yoshini qarshi oladigan futbolchi hamon "Roma" uchun muhim gollarni kiritmoqda.

SPORTS.uz

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!