Umid Ahmadjonov O‘zbekiston MTJ libosi haqida: Kimlardir orzu qilayotgan o‘zgacha dizayn albatta bo‘ladi

  • 6 yanvar, 2019, 13:50
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Kun.uz saytiga bergan intervyusi davomida ko‘pchilikning keskin tanqidlariga sabab bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kubogida foydalanadigan liboslari masalasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Tanqid bo‘lgani yaxshi. Ammo biz ham terma jamoaga sifatsiz libos kiydirib qo‘ymaymiz. Faqat tashqi ko‘rinishga baho bermay, kelishsin, ushlab ko‘rishsin, kiyib ko‘rishsin va baho berishsin. Avvalgi homiy bilan solishtirish uchun ham imkoniyat bo‘ladi.

Ha, dizayni soddagina. Biroq bundan nega uyalish kerak, agar libosning o‘zi sifatli bo‘lsa?! Mark Tsukerberg ham oddiy kiyimlarda yuradi, biroq aqli, puli haqida gap ketganida biz uni erga ura olamizmi? 1994 yilda terma jamoamiz Osiyo o‘yinlariga bittagina libosda ketib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Futbolchilar terma libosini kiyishni orzu qiladi, uning har qanday matosida ham jonini berib o‘ynaydi, vatan sha’ni turibdi-ku? Bilmaganlar esa ko‘rganiga ishonib gapiraveradi. Bugunga kelib hukumat hech bir sportchini kimdandir kam qilayotgani yo‘q. Osiyo o‘yinlariga bordik, boshqa musobaqalarda qatnashdik, birortasida ham hech kimdan kam joyimiz bo‘lmadi. Bundan keyin ham bo‘lmaydi. Buning uchun davlatimizga va uning rahbariga alohida tashakkur aytaman.

Kimlardir orzu qilayotgan o‘zgacha dizayn esa albatta bo‘ladi. Shu vaqtgacha aytgan ishlarimizni qilib kelyapmiz, bundan keyin ham shunga harakat qilamiz. Mashhur xorijlik murabbiy kelishiga ishonmaganlar Kuperni kutib olganidek, bugun format yoki formadan norozi bo‘layotganlar o‘sha maxsus dizaynli formani ham ko‘rishadi. Faqat sabr kerak ozgina.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!