Umid Ahmadjonov Ummon bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston MTJ a’zolari bilan uchrashdi

  • 8 yanvar, 2019, 20:29
  • 1
  • Futbol
Ummonga qarshi o‘yin oldidan bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Sharja shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Umid Ahmadjonov ertangi o‘yin oldidan vakillarimizga omad tilar ekan, O‘zbekistonda barcha terma jamoaning g‘alabalarini intiqlik bilan kutayotganini aytib o‘tdi.

"O‘zbekistonda barcha sizlarga ko‘z tikib turibdi. Har kungi mashg‘ulotlaringiz, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqdamiz. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun o‘zbek xalqini xursand qilishingizni tilab qolamiz. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Bosh murabbiyning barcha talablarini bajarib kelyapmiz. Bundan bu yog‘iga ham bajarimiz. Har bir g‘alaba uchun O‘FA tomonidan mukofot pullari ajratiladi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi Vatan uchun, ota-onangiz, yaqinlaringiz, xalqingiz uchun to‘p suring! Butun fikru xayolingiz faqat g‘alabaga qaratilsin. Chempiion bo‘lish vaqti keldi. Nasib qilsa, Osiyo Kubogini o‘zimiz bilan O‘zbekistonga olib borib, muxlislarimizni, xalqimizni, muhtaram Prezidentimizni xursand qilamiz. Mana shu maqsad yo‘lida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak", - deya o‘z fikrlarini yakunladi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper so‘zga chiqdi: "Terma jamoa bir maqsad yo‘lida birlashgan. G‘alaba uchun borimizni berishga tayyormiz. Mukfot pullari ikkinichi darajali masala. Futbolchilar terma jamoa tarkibida birinchi navbatda Vatan uchun to‘p surishadi. Umid qilamanki, barcha o‘ylagan maqsadlarimizga birgalikda etamiz", - dedi Kuper.
 
Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov esa futbolchilar nomidan so‘zga chiqar ekan, terma jamoa tarkibidagi barcha o‘yinchilar Osiyo Kubogida Vatan sharafini munosib himoya qilishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
08/01/2019 22:59
Манимча, мотивация бошкача бошланиши керак