"Uzbek Tigers" jamoasining navbatdagi raqibi Xitoydan irodali g‘alaba bilan qaytmoqda

CHERY AUTO

Boks olamida eng nufuzli musobaqaga aylanib borayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida "Uzbek Tigers" jamoasi bilan birga "S" guruhidan joy olgan "China Dragons" jamoasi ikkinchi tur uchrashuvida Rossiyaning "Patriot boxing team" jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno
 

Uchrashuvning dastlabki jangini o‘z foydasiga hadl qilgan "China Dragons" jamoasi qolgan to‘rtta bahsni boy berdi. Natijada 4:1 hisobida g‘alabaga erishgan "Patriot boxing team" jamoasi turnirning joriy mavsumidagi ilk muvaffaqiyatini nishonladi va uch ochkoga ega bo‘ldi.

"Patriot boxing team" keyingi uchrashuvini 4 mart kuni Toshkentda "Uzbek Tigers" bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!