"Uzbek Tigers"ning keyingi raqibi yirik g‘alabaga erishdi
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida "Uzbek Tigers" jamoasining "S" guruhidagi raqiblari - "Patriot boxing team" va "China Dragons" bokschilari ham beshinchi tur uchrashuvida ishtirok etdi.
Rossiya jamoasi mezbonlik qilgan ushbu uchrashuvda mezbonlar mahorat va tajriba bobida "Xitoy ajdarlaridan" ustun ekanini namoyish qildi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ringga chiqqan Tamir Galanov Junjun Xeni, Baxtovar Nazirov Long Vangni, Aleksey Mazur Kaicheng Mengni, Pyotr Xamukov Minggang Jaoni Evgeniy Tishchenko Jin Guoni mag‘lubiyatga uchratib, "Patriot boxing team" jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Bu g‘alabadan so‘ng rossiyaliklar guruhda uchinchi o‘rindagi mavqeini mustahkamladi. Xitoyliklar esa guruh autsayderi sifatida so‘nggi turda qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar pley-offga chiqish imkoniyatidan ayrildi.



Fikrlar