
"Uzbek Tigers"ning navbatdagi raqibi yirik hisobda zafar quchdi
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida to‘rtinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
"S" guruhidan joy olgan O‘zbekistonning "Uzbek Tigers" bokschilari to‘rtinchi turda Xitoyning "China Dragons" jamoasi ustidan 5:0 hisobida ustun kelib, birinchi turdagi mag‘lubiyat alamini oldi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Rossiyaning "Patriot boxing team" bokschilari Qozog‘istonda "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvda mezbonlardan Oljas Sattiboev, Zokir Safiullin, Aslanbek Shimbergenov, Arman Risbek, rossiyaliklardan esa Magomed Omarov zafar quchdi va uchrashuvda qozog‘istonliklar 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Fikrlar