Veratti PSJdagi taqdiriga mavsum yakunlangach oydinlik kiritadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik yarim himoyachi Marko Veratti o‘zining PSJdagi kelajagiga mavsum yakunlangach oydinlik kiritishi haqida aytib o‘tdi.

“PSJ bilan o‘rtamizdagi shartnomaga ko‘ra menda yana 4 yil bor va aytishim kerakki men Parijda baxtliman. Men har safar mavsum yakunlangach jamoa rahbarlari bilan uchrashaman va ular bilan barchasini muhokama qilamiz”, -  deydi italiyalik futbolchi FourFourTwo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Verattining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Biroq, ayni damda unga «Barselona», «Yuventus», «Real» va «Chelsi» kabi Evropaning top klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!