Veratti baribir "Barselona"da o‘ynamoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi xavbeki Marko Veratti o‘zining “Barselona”ga o‘tish fikridan qaytmayapti. Ta’kidlash kerakki, 24 yoshli italiyalik futbolchi Messi, Neymar va Suares kabi futbolchilar bilan bir jamoada o‘ynashni istamoqda.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha Veratti ayni damda kataloniyaliklar tomonidan bo‘ladigan jiddiy va aniq taklifni kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Verattini sotish niyatida emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Marko joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 28ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar