"Vest Xem" Vida uchun kurashda "Atletiko" va "Liverpul"ni ortda qoldirishi mumkin

  • 20 iyul, 2018, 12:33
  • 0
  • Futbol

Londonning “Vest Xem” klubi “Beshiktosh” himoyachisi Domagoy Vida uchun kurashga qo‘shildi.

Milliyet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar 29 yoshli Xorvatiya terma jamoasi a’zosi uchun turk klubiga naqd 22 mln evro taklish qilishmoqda. Bu bilan “bolg‘achilar” Vida uchun 20 mln evro taklif qilayotgan “Everton”  hamda “Liverpul”ni, shuningdek, futbolchini o‘z safida ko‘rishni istayotgan “Atletiko” Madridni ham ortda qoldirishga yaqin turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Beshiktosh” Vida uchun 35 mln evro talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!