
Video: Olive Jirudan “chayon zarbasi”
Angliya chempionati 19-turida “Arsenal” va “Kristal Pelas” jamoalari o‘zaro bahs olib borishmoqda.
O‘yinning 17-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Olive Jiru chiroyli tarzda – chayon uslubida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Quyida ushbu videoni tomosha qiling.
Ayni vaqtda o‘yinning 75-daqiqasi davom etmoqda va “Arsenal” 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
Bir necha kun avval "MYu" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan shunga o‘xshash zarba bilan gol urgandi.
Fikrlar