Viktoriya Azarenko: Oklandda ko‘rishguncha!
Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko Yangi Zelandiyada o‘tadigan turnirda ishtirok etishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Yangi sport mavsumini “ASB Classic" turnirida boshlash imkoniyati mavjud bo‘lganidan xursandman. Bir necha yil oldin bu erda o‘ynaganman. Shu sababli ham bajonidil Yangi Zelandiyaga boraman. Bu mamlakat juda go‘zal va bu erdagi musobaqa eng yaxshi turnirlardan biridir. Men «Australian Open – 2018»ga iloji boricha yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishim kerak.
Ko‘pdan buyon kortga chiqqanim yo‘q. Shuning uchun ham men tennisni sog‘indim. Meni qo‘llab turgan muxlislarimdan minnatdorman. Oklandda ko‘rishguncha”, deydi – Viktoriya.

Fikrlar