Villian faoliyatidagi 600-o‘yinida maydonga tushdi

  • 25 noyabr, 2018, 13:20
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villian o‘zining professional futbolchilik faoliyatidagi 600-o‘yinini o‘tkazdi. Kecha “Tottenxem”ga (3:1) qarshi kechgan bahs 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun yubiley o‘yin bo‘ldi.

U ushbu uchrashuvlarning 256 tasini “Chelsi”, 221 tasini “Shaxtyor”, 41tasini “Korintians” va qolgan 17 tasini “Anji” safida o‘tkazgan. Braziliya terma jamoasi safida esa 65 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!