Vladimir Putin Libertadores kubogi final bahsiga tashrif buyuradi

  • 6 noyabr, 2018, 22:15
  • 0
  • Futbol

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Libertadores kubogi final uchrashuviga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish lozimki, Putin  Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘ladigan G20 sammitida ishtirok etadi va 24 noyabr kuni xuddi shu shaharda bo‘lib o‘tadigan finalning javob bahsiga borishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, tarixda ilk marta Libertadores kubogi finalida Argentinaning ikki klubi - "Boka Xuniors" hamda "River Pleyt" o‘zaro kuch sinashadi. Ular o‘rtasidagi finalning ilk bahsi 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!