WSB: Elnur Abdurimov vs Dilmurod Mijitov

TIGGO 2 PRO


"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bahsidagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biri 64 kilogramm vazn toifasida bo‘ladi.

Elnur Abduraimov tajriba bobida bo‘lajak raqibidan ustun. Hal xolda Elnur 2015 yilgi jahon chempionatida bronza medalga sazovor bo‘ldi. Xalqaro miqyosdagi musobaqalarda o‘ziga yarasha yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Elnur Abduraimov o‘tgan yildan buyon "Uzbek Tigers" jamoasi tarkibida janglarda qatnashib kelmoqda. O‘tgan mavsumda ketma-ket to‘rtta uchrashuvda zafar quchgan hamyurtimiz, yarim final bosqichida kubalik jahon chempioni Lazaro Alvaresga yutqazdi.

Shu o‘rinda 2017 yilgi mavsum Elnur uchun omadsiz boshlanganini ham ta’kidlash lozim. Birinchi tur uchrashuvida yosh bokschimiz Xitoyda ringga chiqolmadi va unga mag‘lubiyat yozildi.

Biroq Elnur Abduraimov 4 mart kuni Toshkentda rossiyalik kuchli bokschi - Radmir Abdurahmanovni engib, muxlislar ishonchini oqladi.

"Astana Arlans"ning 64 kilogramm vazn toifasidagi bokschisi Dilmurod Mijitov Qozog‘iston chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 21 yoshli bokschi hali xalqaro miqyosda e’tiborga molik natija qayd etgani yo‘q.

WSB turnirida bu yildan e’tiboran qatnashayotgan Dilmurod xitoylik raqiini enggan bo‘lasa-da, rossiyalik Radmir Abdurahmonovga yutqazib qo‘ygan.

 

 

 

 

SPORTS.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!