
WSB: Zuhriddin Mahkamov vs Anton Pinchuk
"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bahsida ohir vazn - 91 kilogramm vazn toifasidagi jang ham keskin va murosasiz o‘tishi kutilmoqda.
Zuhriddin Mahkamov iste’dodli yosh bokschi. Garchi O‘zbekiston chempionlarida g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, xalqaro tajribasi katta emas. Bu bokschimiz yuqori nufuzli musobaqalarda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganicha yo‘q.
Biroq Zuhriddin Butunjahon boks seriyalaridagi debyutini ajoyib g‘alaba bilan nishonladi. 4 aprel kuni Toshkentda bo‘lgan jangda Zuhriddin Mahkamov tajribali raqib - rossiyalik Islom Tekeevni katta ustunlikbilan engdi.
O‘zbek bokschisining 1 aprel kuni bo‘ladigan jangdagi raqibi - Anton Pinchuk esa xalqaro tajribasi katta va o‘ta kuchli bokchilardan. O‘z vaqtida talabalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan Anton Pinchuk jahon chempionati ishtirokchisi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi va Osiyo chempionidir.
Anton Pinchuk WSB turniridagi ishtirokini bu yildan boshladi va ketma-ket ikkita jangda g‘alaba qozondi.
Fikrlar