Xart o‘ziga yoqqan jamoa darvozasini qo‘riqlamoqchi

  • 7 mart, 2017, 20:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

“Manchester Siti”ga Xosep Gvardiola kelgach, jamoani tark etishga majbur bo‘lgan Angliya terma jamoasining asosiy darvozaboni Jo Xart faoliyatini ijara asosida Italiyaning “Torino” klubida davom ettirmoqda.

Mavsum yakuniga yaqinlashgan sari tajribali darvozabonni ish masalasi tashvishga sola boshladi. Chunki “A” seriya o‘yinlari tugashi bilan Xart o‘zini haydagan Xosep Gvardiola yoniga borishi kerak.

- Jo “Torino”dagi futbolchilar bilan yaxshi chiqishib qoldi, - deydi klub prezidenti Urbano Kairo. – U biz bilan qolishni istayapti. Biz ham bunga qarshi emasmiz. Lekin bu masalani “Manchester Siti” rahbariyati hal qiladi.

Shu o‘rinda “Torino” Jo Xartga to‘lanadigan maoshni ko‘tara olmasligini ham ta’kidlash lozim.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!