Xonda "Milan"dan ketishini e’lon qildi
Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Keysuke Xonda mavsum yakunlangach, jamoadan ketishini ma’lum qildi.
“Qadrli “Milan” ishqibozlari, sizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ortda qolgan uch yarim yil oson o‘tmadi. Ammo, men bu erda shahsiy o‘sishga erishdim. Mavsum yakunlangach men jamoadan ketaman va bizning keyingi uchrashuvimizni orziqib kutaman”, - deydi yaponiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Xonda “Milan”ga 2014 yilda Moskvaning TsSKA klubidan ko‘chib o‘tgan edi. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
Italiya. “Yuventus” chempion, “Milan” evrokuboklarda o‘ynaydi va boshqa natijalar>>>

Fikrlar