Yana bir tennischimiz chorak final uchun o‘ynaydi

  • 23 yanvar, 2019, 11:46
  • 0
  • Tennis

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda vakillarimiz munosib ishtirok etmoqda.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi birinchi davra bahslarida Ibrohimjon O‘rinov rossiyalik Elisey Kalashnikovni 7:6, 4:6, 7:6 hisobida taslim qildi.

Endi O‘rinov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kirtishi uchun qozog‘istonlik Dmitriy Bezborodovga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!