Yosh karatechilar musobaqasi yakunlandi

BEPUL PROPAN

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 1 Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga karate bo‘yicha bolalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Navqiron avlod o‘rtasida karateni yanada ommalashtirish va bu orqali yosh iste’dodlarni saralash maqsadida tashkil etilgan musobaqada Jovudxon Nasimov, Abdulaziz Yo‘ldoshev, Artur Shermamadov, Daler Muxtorov, Ahror Badalov o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada qizlardan Alisha Xusanboeva, Milena Gilmanova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

– Hozirgi kunda maktabimizda karate sektsiyasida yuzga yaqin o‘g‘il-qiz qatnashmoqda. Har bir guruhda haftasiga uch marotaba bir yarim soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Karatening WKF yo‘nalishi Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olganidan buyon mazkur sport turi bilan shug‘ullanuvchilar soni ortib bormoqda, – deydi maktab direktori Dilshod Mahmudov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!