
Yozda Manchesterga olib kelinadigan futbolchilar nomi oshkor bo‘ldi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasida barqaror natija ko‘rsatolmayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etadi. Klub xo‘jayini Shayx Mansur Gvardiolaga yozda tarkibni kuchaytirish uchun 285 million evro miqdorida mablag‘ ajratishga va’da berdi.
O‘tgan yilgi yozgi transfer vaqtida 170 million evroga o‘yinchi olgan Xosep Gvardiola bu yil “Manchester Siti”ga taklif qilinadigan futbolchilar ro‘yxatini ham tuzib chiqdi. Bosh murabbiyning ro‘yxatidan Aleksis Sanches, Per-Emerik Obameyang, Koke va Virjil van Deyk o‘rin olgan.
Shuningdek, jamoa mohir darvozabonga ham ehtiyoj sezmoqda.
Fikrlar