"Yuventus" Italiya kubogini ham "begona qilmadi"
Bugun shuningdek Italiyada ham mavsumning hal qiluvchi bahslaridan biri bo‘lib o‘tdi.
Italiya kubogi finalida Turinning “Yuventus” klubi Rimning “Latsio”siga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda Dani Alvesh va Leonardo Bonuchchilarning kiritgan gollari evaziga “Yuventus” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
Rim, stadion «Olimpiko»
«Yuventus» – «Latsio» – 2:0 (2:0)
Gollar: Alves 12, Bonuchchi 24
«Yuventus»: Neto, Bartsali, Kellini, Bonuchchi, Sandro, Alves, Rinkon, Markizio, Dibala (Lemina 78), Mandjukich, Iguain.
Bosh murabbi: Massimiliano Allegri.
«Latsio»: Strakosha, Uollas, de Vrey (Alberto 69), Bashtush (Anderson 53), Basta, Bilya, Parolo (Radu 21), Milinkovich-Savich, Lulich, Keyta, Immobile.
Bosh murabbi: Simone Indzagi.
Ogohlantirishlar: Alves 86.
Bosh hakam: Paolo Talyavento.

Fikrlar