"Yuventus" prezidenti mafiya bilan hamkormi?

  • 26 yanvar, 2017, 20:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futbolida yangi mojaro chiqdi. Yaqinda "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli Italiyadagi mashhur mafiya vakillari bilan hamkorlik qilishi va ularga chiptalar bilan ishlash imkoniyatini yaratib bergani haqida xabarlar tarqatildi.

Tecno
 

"Yuventus" klubi bu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

- "Yuventus" prezidenti keyingi paytda uning faoliyatiga doir turli maqolalar yuzasidan klub yuristlariga ushbu masala bilan shug‘ullanib, klub sha’nini himoya qilish va mavqeini mustahkamlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqishlarini buyurganini ma’lum qiladi, - deyiladi klub bayonotida. - Turin prokuraturasi mafiya vakillarining "Yuventus"ga aralashuvi bo‘yicha surushtiruv ishlarini boshlagan. Shunday bo‘lsa-da, "Yuventus"ning birorta vakili tergovga jalb qilingani yo‘q.

"Yuventus" rahbariyati har qanday masalada huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!