Zarruh Adashev "GLORY 48" turnirida g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

 Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Square Garden” arenasida o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha “GLORY 48” turnirining andekard janglaridan birida aralash yakkakurash jang san’atlari uchtasi o‘zbekistonlik Zarruh Adashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Tecno

Unga mazkur jangda kiprlik Stavros Grigoriou raqiblik qildi. Qiziqarli o‘tgan qarama-qarshilik yakunida hakamlar qaroriga ko‘ra, hamyurtimiz g‘alabani tantana qildi.

Zarruh Adashev – kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi va ko‘p karra O‘zbekiston chempoini hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “GLORY 48” turnirining asosiy janglarning birida Anvar Boynazarov amerikalik Kevin van Nostrand (4-1-0, KO2) bilan “GLORY” chempionlik kamari uchun ringga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!