Zavisha Milosavlevich Farg‘onada bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek 18 dekabr kuni bolalar futboli bo‘yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Milosavlevich yurtimizga tashrif buyurgan edi.
Shu kunlarda serbiyalik mutaxassis kelajakda o‘zi faoliyat olib borishi mumkin bo‘lgan Farg‘ona vodiysida bolalar futboli uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bolalar futboli bo‘yicha ish olib borayotgan murabbiylarga o‘z dasturini taqdim etmoqda.
O‘FF rasmiy saytining xabar berishicha bugun Zavisha Milosavlevich Farg‘onaga tashrif buyurdi. 56 yoshli mutaxassis Farg‘ona viloyat futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Hakim Fayziev bilan "Istiqlol" stadionida bo‘ldi. So‘ngra u "Neftchi" qoshidagi bolalar futbol maktabiga borib, ushbu maktabda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan bolalar bilan muloqotda bo‘ldi.
Kunning ikkinchi yarmida Zavisha Milosavlevich Qo‘qon shahri tomon yo‘l oldi. Tajribali mutaxassis u erda ham bolalar futboli bo‘yicha ish olib borayotgan mutaxassislar bilan uchrashishni va u erdagi sharoitlar bilan tanishishni rejalashtirgan.

Fikrlar