Zidan Marseloning o‘rniga boshqa futbolchi oladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Ispaniya chempionatida etakchilik qilayotgan "Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozda tarkibda ayrim o‘zgartirishlarni amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Frantsiyalik mutaxassis jamoaning etakchi o‘yinlaridan ba’zilarini iste’dodli yoshlar bilan almashtirmoqchi.
"Napoli" tarkibida o‘ynayotgan Favzi G‘ulom "Real" himoyachisi Marseloni o‘rnini egallashi kutilmoqda. Zidan jazoirlik futbolchiga jiddiy qiziqayotgani aytilmoqda. Biroq madridliklarga bu futbolchini olish oson bo‘lmaydi. Chunki "Bavariya" ham bu Hulomga ko‘z tikkan.
Har ikki klub Favzi G‘ulomni katta maosh to‘lash bilan qiziqtirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda jazoirlik himoyachi Italiyada yiliga 900 ming evro miqdorida maosh oladi.
G‘ulomning "Napoli" bilan shartnomasi 2018 yilning yozigacha tuzilgan.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!