Zlatan Ibragimovich “MYu”ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 6 yanvar, 2017, 08:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klubi muxlislari tomonidan dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shvetsiyalik hujumchiga respondentlarning 38% ovoz berdi. Ikkinchi o‘rinni 36% ovoz bilan “chayon zarbasi” orqali gol urgan armanistonlik Genrix Mxitaryan egalladi. Frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba 26% bilan uchinchi o‘ringa loyiq bo‘ldi.

Ibragimovich “MYu”ga kelganidan buyon birrinchi mrta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Dekabr oyida 35 yoshli hujumchi olti uchrashuvda etti gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Joriy mavsumda u mankunianlar safida barcha turnirlarda jami 18 ta gol urdi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!