A Seriya. Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydimi? (qaydnoma)

Bugun Italiya A Seriyasi 34-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. 

Sardiniyaning "Kalyari" klubi bu turda Genuyaning "Jenoa" jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu bahs uchun mehmonlarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham ro‘yxatga kiritilgan. 

Ma’lumot uchun, Shomurodovning Italiyadagi ilk jamoasi "Jenoa" hisoblanadi. Legionerimiz 2020 yilda "Rostov"dan genuyaliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, "Jenoa" - "Kalyari" bellashuvi soat 23:45da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!