Abdumalik Halakov Osiyo o‘yinlari chempioni!

  • 5 oktabr, 2023, 17:22
  • 0
  • Boks

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari finaliga yo‘l olgan yana bir hamyurtimiz Abdumalik Halakov ishtirokidagi jang ham o‘z yakuniga etdi. -57 kg vazn toifasida final ostonasiga qadar barcha raqiblarini katta ustunlikda mag‘lub etib kelgan yurtdoshimiz, hal qiluvchi jangda yaponiyalik Shudai Xaradaga qarshi ringa ko‘tarildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda jangni boshlagan yurtdoshimiz raqibidan bir bosh ustun ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Jang ikkinchi raundda o‘z yakuniga etdi. Hamyurtimiz raqibini 1-raundda 3 marta nokdaun holatiga tushurgan bo‘lsa, 2-raundda ikki marta shunday holatga tushirdi va yakunda yapon bokschisining murabbiylari oq sochiq tashladi. Shu tariqa yurtdoshimiz Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Bizda yana bir oltin do‘stlar!

Oldinda Bahodir Jalolovning jangi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!