Abdumalik Xalokov: "Bu kunni juda ko‘p kutgandim"

  • 14 may, 2023, 20:15
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkazilmoqda.

-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov kubalik Xorta Rodrigezga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda Abdumalik 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Abdumalik Xalokov O‘zbekiston terma jamoasiga to‘rtinchi oltin medalni olib keldi. Shuningdek, hamyurtimiz 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.

Jangdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Bu kunni juda ko‘p kutdim, orzu qilgandim chempion bo‘laman deb. Murbbiyimga, ota-onamga, barcha rahbarlarga rahmat. Menga ishonishdi. Men bilan juda qattiq tayyorlanishdi. 
Rostini aytsam, oxirgi jangimdan so‘ng ancha "sinib" qolgan edim. Bolgariyadagi mag‘lubiyatdan keyin faoliyatim orqaga ketgandek bo‘ldi. Ammo Davron aka menga yo‘l ko‘rsatdi, dars o‘tdi va juda qattiq qo‘llab-quvvatladi. 

Janglarim oson o‘tdi. Murabbiylarim mehnatlari, o‘z mehnatim o‘z samarasini berdi. Chiroyli g‘alaba qozondik. Kubalik bokschini ham xuddi shu tarzda mag‘lub etdim. 

Men uchun pul muhim emas, chunki bu erda O‘zbekiston shani turibdi, shuncha xalqimiz qarab turibdi. Barchani oldida yuzim yorug‘ bo‘ldi", - dedi chempion.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!