Afsus... Hamyurtimiz UFC bilan shartnomani bekor qildi

  • 25 iyun, 2022, 17:50
  • 1
  • MMA

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev UFC bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi.

29 yoshli sportchi "Instagram" sahifasida post qoldirdi: "Assalomu alaykum, hammaga. Bugun biz UFC bilan shartnomani bekor qildik va xayrlashdik. Umuman olganda, UFCga o‘tganimdagi hissiyotlar u qadar yaxshi emasdi. Buni hamma ko‘rdi. Hozircha, sog‘likni joyiga keltirib, yil so‘ngida yana oktagonga qaytamiz. UFC bilan yana shartnoma imzolayman va sizlarni xursand qilishga harakat qilaman. Hammaga katta rahmat".

Ma’lumot uchun, Adashev ikki yil UFCda jang qildi va bu vaqt oralig‘ida 3 mag‘lubiyat va 1 g‘alaba qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirzohid Botirov
25/06/2022 20:50
Нега ёлгон малумот бераслар 3 маглубият 1 галабаку ахир