"Al-Sadd" futbolchisi: "Xavi bunga butunlay tayyor"

  • 27 oktabr, 2021, 18:42
  • 0
  • Futbol

"Al-Sadd" yarim himoyachisi Santi Kasorla "Barselona"ning sobiq futbolchisi va ayni damda Qatar klubini boshqarayotgan Xavining murabbiylik mahorati haqida gapirdi. 

- Xavining murabbiylik uslubi qanday?

- U to‘pga egalik qilishni xohlaydi. Mashg‘ulotlarda Xavi to‘p nazorati va pozitsion o‘yinga ko‘proq e’tibor qaratadi va aynan shu usuldan himoyalanishda foydalanadi. Biz deyarli har bir o‘yinda shunday harakat qilamiz. 

- U "Barselona"da muvaffaqiyat qozonishga tayyormi, nima deb o‘ylaysiz?

- "Ko‘rib turganingizdek, u butunlay tayyor. Bu Xavining orzusi. "Ko‘k-anorranglilar"ni undan yaxshiroq biladigan odam kam", - dedi sobiq Ispaniya terma jamoasi futbolchisi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!