"Alaniya" bosh murabbiyi Norchaevni maqtadi

  • 23 fevral, 2023, 15:36
  • 0
  • Futbol

Rossiyaning "Alaniya" klubi bosh murabbiyi Zaur Tedeev Husayn Norchaev bilan shartnoma imzolangani haqida fikr bildirdi.

"Aytishim mumkin, Norchaevni bir nechta sababga ko‘ra xarid qildik. Sport direktori Timur Demurov uni 1,5 yildan beri kuzatib kelayotgandi. 

Husaynning o‘yinlarini video orqali tomosha qilib, o‘zbekistonlik taniqlik mutaxassisdan tavsiya olganimdan keyin uni sotib olishga qaror qildik. U yosh, ko‘p gol uradi, o‘z yosh toifasida Osiyodagi etakchilardan biri. 

Norchaevni juda ko‘p jamoalar o‘z tarkibida ko‘rishni istagan. Ular orasida RPL vakillari ham bor. Biz uning kelajagi porloq ekanini bilamiz hamda o‘z maqsadimizga etishishimizda bizga yordam berishiga umid qilamiz",-dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Norchaev "Nasaf" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!