Alisson oradan 9 yil o‘tib Julio Sezarning natijasini takrorladi

  • 2 iyun, 2019, 09:51
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha Madridda “Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs 2:0 hisobida mersisaydliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

E’tiborlisi, mersisaydliklar darvozaboni Alisson Beker so‘nggi 9 yil ichida o‘tkazilgan EChL finallarida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan ilk posbon bo‘ldi. Bunday natijani so‘nggi bor 2010 "Inter" darvozaboni Julio Sezar qayd etgan edi. Braziliyalik posbon “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tgan finalda o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormagan va uning ham jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!