Alisson: O‘zimni "Oltin to‘p"ga munosibman deb o‘ylamayman

  • 5 iyul, 2019, 11:52
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker o‘zining “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Ushbu mukofotga loyiqman deb o‘ylamayman. “Oltin to‘p”ga munosib bo‘lgan mendan ko‘ra yaxshiroq futbolchilar ko‘p. Men bor yo‘g‘i darvozabonman”, - deydi Beker.

Eslatib o‘tamiz, Beker o‘tgan mavsum “Liverpul” safida EChLda g‘olib chiqdi, ayni damda esa Braziliya terma jamoasi safida Amerika kubogi finaliga chiqdi. Unda 7 iyul kuni Peruga qarshi bo‘ladigan finalda g‘alaba qozonib, o‘zining mavsumdagi ikkinchi titulini qo‘lga kiritish imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!