Alisson: Saloh och

  • 13 sentabr, 2020, 18:22
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” darvozaboni Alisson misrlik jamoadoshi Muhammad Saloh haqida gapirdi.

Saloh kecha “Lids”ga (4:3) qarshi kechgan APLning ilk turida xet-trik qayd etdi va jamoasining muhim g‘alabasini ta’minladi.

“U och va mavsumni och boshladi. Men xursandman. U haqiqatdan ham biz uchun muhim futbolchi. Bunday start unga ishonch bag‘ishlaydi va boshqa futbolchilarni yanada ko‘proq ter to‘kishga undaydi.

Bizning hujum uchligimiz juda yaxshi o‘ynaydi. Ba’zan faqat bitta gol urishi mumkin, ammo biz bilamizki, ular himoyaga ham, hujumga ham qo‘shishi mumkin. "Liverpul" uchun yaxshi boshlanish.

Jamoada Saloh borligidan, u mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvida xet-trik qayd etganidan xursandman”, - deydi braziliyalik posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!