Alisson so‘nggi 10 yillikda assistentlik qilgan ilk darvozabon bo‘ldi

  • 20 yanvar, 2020, 00:18
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bugun “Liverpul” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni 2:0 hisobida engdi.

E’tiborlisi, Saloh tomonidan kiritilgan o‘yindagi ikkinchi golga darvozabon Alisson assistentlik qildi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Alisson “Liverpul” safida so‘nggi 10 yillikda APLda golli uzatmani amalga oshirgan ilk darvozabon bo‘ldi.

Bunday voqea so‘nggi bor 2010 yil Pepe Reyna “Sanderlenda”ga qarshi o‘yinda hujumchi Fernando Torresga golli uzatma oshirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!