Alisson so‘nggi daqiqada boshi bilan gol urib "Liverpul"ga o‘ta muhim g‘alabani olib berdi (video)

  • 16 may, 2021, 23:43
  • 0
  • Futbol

Angliya premer-ligasining 36-turida “Liverpul” safarda “Vest Bromvich”ga qarshi bahs olib bordi.

Mersisaydliklar uchun juda muhim hisoblangan o‘yin 1:1 hisobida yakunlanishiga juda yaqin edi. Biroq, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozabon Alisson Beker burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga yo‘lladi va “Liverpul”ning 1:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!