Alissonning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 10 avgust, 2019, 17:50
  • 0
  • Futbol

Kecha APLning ilk turida “Norvich”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Liverpul" darvozaboni Alissonda paylar uzilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar braziliyalik posbonga qo‘yilayotgan ushbu tashhis tasdiqlansa, u kamida 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi.

Aniqrog‘i, Alisson ushbu vaqt mobaynida premer-liganing 5ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Jumladan, “Arsenal” va “Chelsi”ga qarshi muhim o‘yinlarni ham.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!