Allegri ketsa, "Yuventus"ni kim boshqarishi kerak?

So‘nggi paytlarda Italiyada Massimiliano Allegrining "Yuventus" klubi bosh murabbiyligidan ketishi haqida mish-mishlar tez-tez uchramoqda.

Turin klubining sobiq futbolchisi Fabritsio Ravanelli mish-mishlar rost bo‘lgan taqdirda, klubning yangi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi. Gap o‘tmishda "Yuventus"ni boshqargan odam haqida ketmoqda.

“Men shubhasiz Konteni tanlagan bo‘lardim. U klubni va uning falsafasini yaxshi biladi. Antonio intizomni yaxshilashga qodir murabbiy”, - dedi Ravanelli pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

90 yillarda Ravanelli va Konte "Yuventus"da va Italiya terma jamoasi tarkibida birga to‘p surgan. Konte 2011 yildan 2014 yilgacha "Yuventus"ni boshqargan.

Ayni damda “Yuventus” 35 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Inter” bu mavsumd muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan bo‘lsa, “Milan” ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!