"An-Nasr" APL yulduzini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 6 iyun, 2023, 01:20
  • 0
  • Futbol

Ngolo Kante Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkin. Portugaliyalikning shaxsan o‘zi uni riyodliklar tarkibida ko‘rishni xohlaydi. 

Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, yarim himoyachi "Chelsi"da qolishni istaydi. Biroq yangi shartnoma borasida muzokaralar mart oyidan buyon oldinga siljigani yo‘q. 

Bundan Saudiyaning ikki klubi foydalanib qolishni istayapti. Bular - "Al-Ittihod" hamda "An-Nasr". Ma’lum bo‘lishicha, "Al-Ittihod" allaqachon Londonga o‘z vakillarini yuborishni rejalashtirib qo‘ygan. 

Yakuniga etgan mavsum Kante APL doirasida 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!