Ana holos! Jervonta Devis bir vaqtning o‘zida 3 vazn chempioni bo‘lmoqchi

  • 4 mart, 2021, 09:36
  • 0
  • Boks

"The Athletic" nashri habar berishicha, super engil vazn toifasida WBA Regular championi Mario Barrios va hozirda 2 vaznda jahon chempioni hisoblangan Jervonta Devis jangi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Jervonta Devis birinchi engil vaznda (59kg) WBA Super va engil vaznda (61kg) WBA Regular kamari egasi hisoblanadi. "Tank" Devis ( 24-0, 23KO) o‘tgan yili oktyabr oyida Leo Santa Kruzni nokautga uchratib, ikki vaznda bir vaqtning o‘zida chempionlik kamarlari egasiga aylangan edi. Endilikda u yana bitta yuqori vaznda jang o‘tkazmoqchi.

25 yoshli Barrios (26-0, 17 KO) esa Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov harakat qilayotgan super engil (63.5 kg) vaznda WBA championlik kamariga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!