Ana xolos! 7:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Islandiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 31 mart, 2023, 10:05
  • 0
  • Futbol

Islandiya futbol federatsiyasi Arnar Vidarsson terma jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Qayd etilishicha, bosh murabbiyni almashtirish qarori jamoa manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilingan. Federatsiya Vidarssonga minnatdorchilik bildirib, uning kelajakdagi faoliyatiga omad tiladi.

Endi Islandiya futbol rahbariyati terma jamoaga yangi murabbiy qidiradi.

Eslatib o‘tamiz, Islandiya terma jamoasi joriy hafta Evro-2024 saralashining dastlabki ikki bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga yutqazdi (0:3) va Lixtenshteynni (7:0) mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Arnar Vidarsson Islandiya terma jamoasida 2020 yilning dekabridan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida terma jamoa uning qo‘l ostida 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta g‘alaba, 11 ta durang ap 12 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!