Ana xolos! Beterbiev va Bivol jangi qoldirildi
Yarim og‘ir vazn toifasida WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni Artur Beterbiev(20-0, 20 KO) jarohat oldi va u WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol(22-0, 11 KO) bilan 1 iyun kuni Saudiya Arabistonida jang qila olmaydigan bo‘ldi. Insayder Mayk Koppingerning so‘zlariga ko‘ra, kanadalik bokschining meniskusi(tizza bo‘g‘imining muskuli) yirtilgan. Shunday bo‘lsa-da, uni sentabrga qadar ringga qaytishi kutilmoqda. Keyinchalik mazkur ma’lumotni Turki Al-Shayx ham tasdiqladi:
"Beterbievning jarohati haqidagi bugungi xabarni olganimizdan so‘ng, bu jangni shu yilning oxiriga qoldirishga qaror qildik. Arturga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman", - deb yozadi u X da.
Fikrlar