Ana xolos! Messi 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qildi

  • 13 iyun, 2023, 18:18
  • 0
  • Futbol

Argentinalik futbol afsonasi Lionel Messi Xitoyda bo‘lib turganidan xabaringiz bor. U Xitoy televidiniyasiga bergan intervyusida keyingi mundialda ishtirok etmasligi haqida gapirdi. 

"Menimcha, men Shimoliy Amerikadagi jahon chempionatida qatnashmayman. Qatardagi mundial men uchun oxirgisi edi. 

Vaziyat qanday bo‘lishini kuzataman. Biroq men keyingi jahon chempionatiga bormasligim aniq", - dedi futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, Messi Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Argentina bilan chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!