Ana xolos! Muhim jang oldidan Shohjahon Ergashevning promouterlik kompaniyasi unga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi

  • 17 noyabr, 2020, 00:00
  • 0
  • Boks

“Salita Promotions” Shohjahon Ergashevning sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Dmitriy Milyushaga qarshi jangini to‘xtatishni so‘rab, Amerika Qo‘shma Shtatlari sudiga murojaat qilgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, Shohjahon Ergashev “Salita Promotions” tashkil qilmagan jangda ishtirok etishiga taqiq qo‘yilgan va agar bu holat ro‘y bersa, 75 ming dollar miqdorida jarimaga tortilishi aytilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ular ushbu da’vo arizasini sudga qayta kiritgan va 16 noyabrda bo‘lishi kerak bo‘lgan jangni taqiqlashni so‘ragan. Ma’lumki, Milyusha bilan jang aslida, sentyabr oyida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, qoldirilgandi.

Sud ularning da’vo arizasini yana bir bora qanoatlantirgan va Shohjahon Ergashev ushbu jangni o‘tkazgan taqdirda “Salita Promotions” bilan imzolangan shartnoma shartlarini buzgan hisoblanadi.

 Qarordan kichik namuna:

Shohjahon Ergashev hozirda o‘z promouterlik kompaniyasi “Salita Promotions” tomonidan tashkil qilinishi rejalashtirilgan va rejalashtirilayotgan janglarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Bir necha hafta oldin Ergashevning menejeri IBFga mijozining eliminator jangiga chiqish taklifini berdi va IBF tomonidan bu taklif inobatga olindi. Hozirda, “Salita Promotions” Ergashevni ushbu jiddiy jang oldidan noxush holatlardan saqlash uchun uning boshqa promoushen tomonidan 16 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan (jang o‘tkazildi) jangiga taqiq qo‘yishni so‘rab murojaat qildi va sud arizani qanoatlantirdi.

“Salita Promotions” vakillari ushbu holatda Ergashev bilan telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanishga uringan, ammo bu samarasiz yakunlanganligini ma’lum qilgan. Ergashev uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va “Salita Promotions” tomonidan tashkil qilib berilayotgan 19 noyabrdagi jang taklifiga Ergashev hech qanday munosabat bildirmaganligi sabab, bekor qilingan. Bundan tashqari, “Salita” tomonidan Ergashevga 12 dekabrda jang va 50 ming dollar miqdoridagi kafolatlangan gonorar taklif qilingan. Ammo ushbu taklifga ham  Ergashev tomonidan munosabat bildirilmagan.

 27 oktyabr kuni IBF “Salita Promotions”ga Shohjahon Ergashev eliminator jangida chiqishi bo‘yicha taklif yuborgan va ushbu taklifga Shohjahon Ergashevning  menejeri Oleg Bogdanov rozilik bergan. Ammo shundan keyingi jang va “Salita Promotions” tomonidan berilgan barcha takliflarga Ergashev munosabat bildirmagan. Promouter Dmitriy Salita hamon ushbu imkoniyatni saqlab qolish borasida IBF bilan muzokaralar olib borayotganligi ma’lum qilingan.

http://boxingtalk.com/Salita-gets-preliminary-injunction-against-Ergashev

Manba: boxingtalk.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!