Ana xolos! Rayan Garsiya doping-testdan o‘ta olmadi

  • 2 may, 17:34
  • 0
  • Boks

 Rayan Garsiya Devin Xeyniga qarshi jangi kuni olingan doping-testlari ostarin uchun ijobiy natija berdi. Bu haqida taniqli jurnalist Den Rafael xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 25 yoshli bokschining tekshiruvlarida boshqa taqiqlangan modda - 19 nortestosterondan foydalanganlik belgilari aniqlangan. Ammo keyingi laboratoriya tahlili kutilgunga qadar bu natija hali tasdiqlanmagandi.

 Jangchining o‘zi antidoping qoidalarini buzganini inkor etmoqda: “Agar biror narsa qabul qilgan bo‘lsam, men o‘z ixtiyorim bilan doping-test topshirgan bo‘larmidim? Bundan qandaydir ma’no bormi? ", - deb yozgan Rayan X da.

 Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Garsiya(25-1, 20 KO) sensatsion tarzda Xeyni(31-1, 15 KO) ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!